O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ichki ishlar organi xodimi tomonidan ayolning kaltaklanishi bilan bog‘liq video yuzasidan axborot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 10 sentyabr kuni Qoraqalpog‘istonda yuz bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, Qoraqalpog‘iston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX inspektorlari K.R. va B.Z. piyodaga yo‘l bermagan Nexia mashinasini to‘xtatgan. Nexia haydovchisi A.B. inspektor B.Z.ga ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilmaganligini aytib, inspektorga hujjatlarini taqdim etmasdan, voqea joyidan ketmoqchi bo‘lib, mashinani harakatga keltirgan.
Shundan so‘ng YPX inspektorlari qo‘shimcha yordamchi kuchlarni chaqirib, Nexia voqea joyidan ketib qolmasligi uchun zarur choralarni ko‘rgan vaqtda mashina ichida bo‘lgan ikki ayol — N.X. va Sh.X. tushib kelib, Nexia’ning qochib ketishi uchun sharoit yaratib berish maqsadida YPX inspektorlariga faol qarshilik ko‘rsatgan.
«Natijada inspektor K.R. tan jarohati olgani aniqlangan», — deyiladi Bosh prokuratura axborotida. Idora axborotida qayd etilishicha, shundan «keyin fuqaro Sh.X. uni YPX inspektorlari urib tan jarohati yetkazganini ma’lum qilib, tez yordam mashinasida shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga kelgan».
Qayd etishlaricha, fuqaro Sh.X.ning murojaati bo‘yicha voqea joyiga Nukus shahar tezkor tergov guruhi a’zolari chiqqan, hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, YPX inspektorlari va fuqarolar narkologiya dispanseridan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Holat yuzasidan Nukus prokuraturasi tomonidan tekshirish xarakatlari o‘tkazilib, YPX inspektorlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
«Fuqaro Sh.X.ning hamda YPX inspektori K.R.ning tan jarohati olganligi va boshqa holatlarga oydinlik kiritish maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tekshirish davom etmoqda», — deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati axborotida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”