
Fuqarolik ishlari boʻyicha Urganch tumanlararo sudining 10.05.2017-yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdorlar M.Alimov va sherik javobgar Z.Baltayevlardan undiruvchi “Evrika Kapital” MCHJ shaklidagi mikrokredit tashkiloti foydasiga jami 8.546.000 soʻm undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati boʻlim ish yurituviga 28.06.2019-yil kuni kelib tushgan ijro xarakatlari davomida ijro hujjatini qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib taraflarga yuborilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida 23.07.2019-yil kuni xolislar ishtirokida tuzilgan dalolatnomaga asosan qarzdor Z.Baltayevga tegishli “Nexia” rusumli avtomashinani vaqtincha saqlashlik uchun qarzdor Z.Baltayevga Oʻzbekiston Respublikasi JQning 233-moddasi bilan ogoxlantirilib ijro hujjatini bajarish uchun 2019-yil 30-iyulga qadar muddat berilgan edi.
Qarzdorni bir necha bor ogohlantirishimzga qaramasdan ijro hujjatini ijrosini bajarmasdan kelgan shu sababli ijro hujjatini ijrosini bajarish maqsadida 09.09.2019-yil kuni qarzdorga tegishli boʻlgan garovga qoʻyilgan “Nexia” rusumli avtomashinani xolislar ishtirokida qarzdorning yashash manzili Urganch shahar Yoshlik koʻchasidan olib ketilib, vaqtincha saqlashlik uchun jarima maydonchasiga qoʻyildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar