14:30 / 17.09.2019
2 797

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Ucell sotilganini rad etdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Ucell sotilganini rad etdi
Rossiyaning «Megafon» kompaniyasi Coscom uyali aloqa operatorini (Usell brendi) sotib olmadi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Operator sotilishi haqidagi ma’lumot bugun ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng, repost.uz Ucell «bosh ofisidagi manbalarga» tayanib ushbu kelishuv haqida xabar qildi.

«Yuz foiz davlat ulushi bizning qo‘lda, hech narsa sotilmadi», - deya agentlik vakili izoh berdi. Shuningdek, uning aniqlik kiritishicha, davlat operatorni sotishni rejalashtirmayapti hamda sotuv bo‘yicha muzokaralar olib bormayapti.

Telia Shvetsiya-Finlyandiya shirkati 2018 yil dekabr oyida O‘zbekistonning telekommunikatsiya bozoriga kirish bilan bog‘liq korrupsion mojarodan so‘ng Usell’dagi o‘z ulushini davlatga sotdi. Kompaniya 2015 yil oxiridayoq «Yevrosiyo» makromintaqasidagi o‘z aktivlarini sotib yuborish niyatida ekanini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonovning USM Holdings’i «Megafon»ning nazorat qiluvchi aksiyadori hisoblanadi. Avvalroq, OAV Usmonovning tuzilmasi Usell’ni sotib olishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi, ammo bu ma’lumot rasman tasdiqlanmadi.

Coscom 1996 yil aprel oyida tashkil etilgan. 2007 yil iyul oyida Telia Company shved-fin shirkati kompaniyaning asosiy aksiyadoriga aylandi. Hozirgi kunda kompaniyada 1250 ga yaqin xodim ishlaydi, abonentlar bazasi 7,1 mln kishi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Ucell sotilganini rad etdi