Foto: Kun.uz
Vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘zlari va o‘rinbosarlari tomonidan bittadan maktabni otaliqqa oladilar.
2019 yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida aytilishicha, ushbu mansabdor shaxslar bir oy muddatda maktablarni otaliqqa olish yuzasidan aniq takliflarni Xalq ta’limi vazirligiga kiritadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov, Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov):
- ikki oy muddatda hudud, sektor, vazirlik va idoralar rahbarlarining maktablarni otaliqqa olish ro‘yxatini;
- uch oy muddatda 2020 yil davomida ushbu rahbarlarning maktablarga tashrif buyurish reja-grafigini tasdiqlaydi.
Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimov, Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Markaziy bank (Nurmurodov), “Nuroniy” jamg‘armasi (Jalilov), Savdo-sanoat palatasi (Ikromov) bir oy muddatda 2020 yil davomida maktablarga tashrif buyurish reja-grafigi doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqadi:
- “vazir soati”, “tadbirkor va bankirlar sabog‘i” kabi dars amaliyotlarini joriy qilish va maktablarda ijro organlari rahbarlari, salohiyatli tadbirkorlar, malakali bank xodimlari dars o‘tishlarini ta’minlash;
- nuroniy va keksalarning o‘zlarining boy hayot yo‘li va ibratli tajribasini yoshlarga yetkazish bo‘yicha uchrashuvlarni tashkil etish;
- diniy ulamolarning maktablarda ma’rifat, bag‘rikenglik, odob va axloq me’yorlari hamda ulug ajdodlarimizning ma’naviy merosini o‘rgatishlarini tashkil etish.
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov) uch oy muddatda biriktirilgan maktablarda hudud, sektor, vazirlik va idoralarning rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni keng ommaga targ‘ib qilish va jamoatchilik bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida maxsus veb-saytni ishga tushiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi