
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida joriy yilning 19 sentyabr kuni Bosh prokuror raisligida Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha Respublika idoralararo komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda komissiya va ishchi guruh a'zolari qatnashdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Yigʻilishda taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning jinoiy javobgarlikdan ozod etishni soʻrab taqdim etgan murojaatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.09.2018 yildagi «Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PF-5542-sonli Farmoni talablari asosida koʻrib chiqildi.
Yigʻilish yakuniga koʻra, Komissiya 5 nafar shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish haqida xulosa qildi. Shuningdek, jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan 5 nafar fuqaroni Oʻzbekistonga qaytarish, ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish, shu jumladan, ularning bandligini ta'minlashga koʻmaklashishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Bugungi kunda ushbu masala boʻyicha kelib tushgan yana 6 nafar murojaatchi ishchi guruh tomonidan oʻrganilmoqda.
Yigʻilishda komissiya va ishchi guruh a'zolarining kelgusidagi vazifalari belgilab olindi.
Jumladan, Farmon talablarini aholiga etkazish boʻyicha targʻibot ishlarini yanada jadallashtirish lozimligi ta'kidlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar