date

Zararni vaqtida to‘lamaslik, jinoiy javobgarlikka olib keladi

Zararni vaqtida to‘lamaslik, jinoiy javobgarlikka olib keladi
MIB Yangiyo‘l tuman bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan tumanda faoliyat yuritadigan savdo do‘koni tekshirilganda, iste’molchi elektr energiya hisobdoni, tegishli tartibda Yangiyo‘l TETK ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan, noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlangan va holat yuzasidan elektr energiyadan foydalanish qoidalari buzilganligi haqidagi dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Aniqlangan huquqbuzarlik natijasida MChJning, ta’minotchi korxonaga yetkazilgan zarar miqdori 42.111.806 so‘mni tashkil qilgan.
Huquqbuzarga yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda o‘z xoxishi bilan to‘lash uchun qonunda belgilangan bir oylik muddat berilishiga qaramasdan MChJ rahbari A.Qo‘chqorov bu pullarni to‘lamagan.

Natijada, savdo do‘kon egasiga nisbatan O‘z. Res. Jinoyat kodeksining 1852-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Zararni vaqtida to‘lamaslik, jinoiy javobgarlikka olib keladi