Toshkentdagi ko‘chalardan biri 10 oktyabrgacha yopildi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri 10 oktyabrgacha yopildi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi ko‘chalardan biri 10 oktyabrgacha yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 10 oktyabrgacha yopildi
Qayd etilishicha, Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasidagi magistral issiqlik tarmoqlari quvurida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xabarda aytilishicha, shu munosabat bilan mazkur ko‘chaning O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi yaqinidagi yo‘l joriy yilning 10 oktyabriga qadar qisman yopildi.

Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz, deyiladi Toshkent hokimligi xabarida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar