O‘zbekiston Adliya vazirligi tadbirkorlarni noqonuniy ravishda homiylik faoliyatiga jalb qilishga qarshi aksiya boshlangani haqida e’lon qildi.
Aksiya oktyabrda Adliya tadbirkorga do‘st" loyihasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Aksiya doirasida ijtimoiy tarmoqlar orqali hamda hududiy adliya organlari tomonidan respublikaning barcha hududlarida so‘rovlar o‘tkazish, shuningdek tadbirkorlarning murojaatlarini qabul qilish, noqonuniy homiylikning barcha ko‘rinishlariga qarshi zarur chora-tadbirlarni ko‘rish rejalashtirilgan.
Shuningdek, ushbu Aksiya orqali tadbirkorlik sub’ektlarini homiylik va xayriya yordami ko‘rsatish ishlariga majburiy jalb qilish, ularga nisbatan ma’muriy va boshqa choralarni qo‘llash tahdidi ostida yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish holatlarini aniqlash bo‘yicha so‘rovlar o‘tkaziladi.
Murojaatlarni @tadbirkor_adliyabot Telegram-boti yoki 1008 raqami orqali yuborish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlik sub’ektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241−4-moddasida hamda Jinoyat kodeksi 192−4-moddasida javobgarlik belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi