Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Suriyadan yana 170 kishi va Iroqdan 65 nafar bola qaytishini kutmoqda, deya ma’lum qildi mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 25 sentyabr kuni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
«Iroqdan 65 nafar bola va Suriyadan 170 kishi qaytib kelishini kutmoqdamiz. Shu ma’noda, bizga xalqaro tashkilotlar va Yaqin Sharqdagi jarayonlarda bevosita ishtirok etayotgan davlatlar yordami kerak. Bu, birinchi navbatda, Xavfsizlik kengashining bu yerda yig‘ilgan doimiy a’zolari tomonidan ko‘rsatiladigan yordamga aloqador. Biz bunday hamkorlikka tayyormiz», - dedi Komilov.
Shu bilan birga, uning eslatishicha, may oyida O‘zbekiston 156 nafar fuqarosini Yaqin Sharqdagi mojaroli hududdan qaytarish bo‘yicha «qiyin va xatarli» operatsiya o‘tkazdi.
«Umid qilamanki, bunday operatsiyalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi jiddiy ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bunda yangi guruhlar shunday ziddiyat hududlariga kirishga intilmaydi», - deya ta’kidlab o‘tdi vazir.
VIDEO “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin