Foto: Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yil 30 sentyabr kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisida deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yaxshilashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
Majlisda «O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamasi tortishuvlarga boy bo‘ldi.
Qayd etilganidek, qator xorijiy mamlakatlarning jinoyatchilikka doir qonun hujjatlarini o‘rganish mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik yo‘qligini ko‘rsatmoqda. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 224-moddasini dekriminalizatsiya qilish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, milliy qonunchilik tahlili va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar statistikasi respublikamiz fuqarolari, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ma’muriy javobgarlik choralarini differensiatsiya qilishni taqozo etyapti.
Shundan kelib chiqib, mazkur qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Deputatlarning fikricha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi vakolatli davlat organlari tomonidan mazkur toifadagi ishlarning tezkor ko‘rib chiqilishini ta’minlashga, shuningdek, mamlakatning turistik salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan islohotlarni to‘la-to‘kis yuritilishiga huquqiy kafolat yaratadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi