1 oktyabr kuni soat 00:30 lar atrofida Samarqand shahar Ibn Sino ko‘chasida Epica rusumidagi avtomobil jarlikka quladi. Bu haqda Samarqand shahar IIO FMB YHXB ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1995 yilda tug‘ilgan D.D. ismli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan avtomobil boshqaruvni yo‘qotishi natijasida beton to‘siqqa borib urilgan va oqibatda jarlikka ag‘darilib ketgan.
Natijada haydovchi va salon ichida bo‘lgan, 1994 yilda tug‘ilgan A.D. ismli yo‘lovchi tan jarohati olgan. Jabrlanuvchilar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga davolanishga yetkazilgan.
Mazkur yo‘l transport hodisasi yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi