
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining rektori lavozimi joriy etildi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshida Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yuridik shaxs bo‘lmagan holda tashkil qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar