4 350
Zangiotadagi o‘z uyida zanjirband qilib qo‘yilgan ayolning eriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati “O‘z uyida ayol zanjirband qilib qo‘yilgan” izoh bilan tarqatilgan videoxabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26 sentyabr kuni fuqaro M.A. Zangiota tumani Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, kuyovi A.T.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan. Murojaat mazmuniga ko‘ra, A.T. 2019 yilning 23-26 sentyabr kunlari o‘zining xonadonida, turmush o‘rtog‘i D.T.ning noqonuniy tarzda oyog‘ini zanjir bilan bog‘lab qo‘yib, ushlab turganligi ma’lum qilingan.
Ushbu murojaat Zangiota tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor o‘rganish maqsadida, A.T. xonadoniga borildi. O‘rganish davomida D.T. olgan tan jarohatlari yuzasidan sud tibbiy ekspertiza ko‘rigi o‘tkazildi. Zangiota tuman sud tibbiy ekspertizaning 2019 yil 30 sentyabr kunidagi ma’lumotnomasida, D.T.ning jarohatlari, og‘irlik darajasi bo‘yicha sog‘lig‘ining qisqa muddatga buzilishiga sabab bo‘lgan yengil tan jarohatlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro A.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi