Foto: Ramil Sitdikov
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, 2019 yil 31 may kuni Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlari bojxona organlarining intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Shuningdek, prezident imzolagan yana bir qarorga ko‘ra, 2019 yil 1 avgust kuni Minsk shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi haqida tegishli bildirishnomani Belarus tomoniga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi