11 713
Amir Olimxon otasining qabri nima uchun 2 marta ochilib, qabrtoshi yangilangani ma’lum bo‘ldi
Buxoroning so‘nggi amiri Amir Olimxonning otasi Abdulahadxon qabri bir necha marta ochilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Foto: Akhbor.com
Qayd etilishicha, Navoiy viloyatining Karmana shahridagi «Qosim Shayx» majmuasida dafn etilgan amir Abdulahadxon qabrtoshi bir necha marta yangilangan va hozirga qadar ikki marta ochilgan.
«Qabr 1943-44 yillarda va 1984 yilda ochilgani bizga ma’lum. Bunga sabab uning o‘g‘li Amir Olimxonning afsonaviy boyliklari — olib keta olinmagan arava-arava tillalar shu yerga ko‘milgan bo‘lishi taxmin qilinib, ochilgan. Hech qanday boylik topilmagan, biroq jasadga zarar yetkazilgan», — degan Navoiy viloyati tarix va madaniyat muzey xodimi Lola Saidova.
Shuningdek, o‘z davrida Buxoro amirligini boshqargan bu inson uchun nega bu makon oxirgi manzil bo‘ldi, degan savolga «Chunki Abdulahadxon Karmanada tug‘ilgan, Buxoroni ham shu yerdan turib boshqargan», deb javob bergan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi