«O‘zbekiston» telekanali orqali efirga uzatiladigan «Munosabat» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida o‘zbek ayollari tomonidan yirtilgan jinsi shimlar va ochiq kiyimlar kiyilishi tanqid qilindi.
Teleko‘rsatuv davomida «Katta Qorasuv» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Naima Jabborova so‘zga chiqib, O‘zbekistondagi ayrim ayollar tomonidan kiyilayotgan yirtiq jinsilar va ochiq-sochiq kiyimlarni tanqid qildi.
«An’analarimizni to‘g‘ri tushuntirishimiz kerak. Nima mumkin, nima mumkin emas. Mana aytyapsiz, yirtiq jinsilarda yuribdi. Balki ayol yomondir, lekin uning otasi, ukasi yoki akasi bormi? Yonida ‘men erkakman’, degan erkak bormi?», — deydi u.
Naima Jabborova erkaklar «ochiq-sochiq yurgan singillari, qizlari va ayollariga hech qanday tanbeh bermayotganini» ham ta’kidlab o‘tdi.
«Majlis o‘tkazyapmiz. Qizlarimizning kiyinish madaniyatini muhokama qilyapmiz. Atrofga qarasam, yarim-yalang‘och ayollar o‘tiribdi. Domlani oldida men uyalib ketdim. O‘sha ayollarning eri bormi? Bunaqa erkaklarni oldinlari dayus deyishardi. Nega erkaklar ayollariga qaramayapti? Erkaklar o‘z ayoli istagan narsasini qilsin deya demokratiya qivordi. Farzandlari o‘smoqda, ertaga ular katta bo‘lib, o‘zining ota-onasiga qaramay qo‘yadi. Bolalarni to‘g‘ri tarbiya qilish kerak», — deydi mahalla raisi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi