Endi Toshkent metrosi yo‘lovchilari kassalarda jeton sotib olish uchun navbatda turishi shart emas.
Ma’lum qilinishicha, quyidagi bekatlarda bugun, 7 oktyabrdan boshlab HUMO karta orqali yo‘l haqini osongina to‘lash mumkin.
Buyuk ipak yo‘li (kirish KFC tarafdagi avtobus bekatidan)
Amir Temur xiyoboni (barcha kirish joylari)
Mustaqillik maydoni (barcha kirish joylari)
Paxtakor (kirish Davlat konservatoriyasi tarafdan)
Bunyodkor (kirish Xalqlar do‘stligi saroyi tarafdan)
Mirzo Ulug‘bek (kirish G‘.G‘ulom bog‘i tarafdan )
Chilonzor (kirish 9 qavatli binolar tarafdan)
Beruniy (kirish O‘zbekiston milliy universiteti va O‘zKo‘rgazmaSavdo tarafdan)
Minor (kirish Moliya instituti yonidan)
Abdulla Qodiriy (kirish Oloy bozori markaziy pavilyoni yonidan)
To‘lovni amalga oshirish uchun HUMO validatoriga kartani tekizish kifoya.
Shuningdek, yaqin kunlarda HUMO validatorini boshqa metro bekatlariga ulash rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent metrosining barcha stansiyalarida bugundan boshlab Wi-Fi internetdan foydalanish imkoni ham paydo bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"