Samarqand shahrining R.Uzoqova ko‘chasidagi «Ahillik» mahallasida joylashgan 55-uy yonida 4 oktyabr kuni taransformator yonib ketdi. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in haqida soat 15:19 da xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga bitta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi yo‘naltirilgan. Bo‘linma chaqirilgan manzilga 3 daqiqada yetib borgan vaqtida yashash uyi oldida joylashgan «TP-250 18-20» rusumdagi transformator ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 15:26 da qurshab olinib, soat 15:40 da to‘liq bartaraf etilgan.
Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
Natijada yong‘in joyi oldidagi yashash uyining 150 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.
Yong‘inga transformatorning qizib ketishi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi