Foto: O‘zA
Bugun, 10 oktyabr kuni Toshkent mahalliy aeroportida Iroqdan qaytgan 64 bola kutib olingan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, maxsus tuzilgan ishchi guruh tomonidan Iroq hukumati va YuNISEF xalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda Iroq hududida og‘ir sharoitda qolayotgan 64 nafar bola vataniga qaytgan.
“Mehr 2” deya nomlangan mazkur insonparvarlik operatsiyasi doirasida olib kelingan 39 nafar o‘g‘il va 25 nafar qiz bolalarning orasida 14 nafar 3 yoshgacha bo‘lgan hamda 2 nafar ota-onasidan ayrilgan bolalar bor.
Ishchi guruh tomonidan ayni paytda xil xalqaro terroristik tashkilotlarga a’zo bo‘lib, o‘zga davlatlar fuqarolarining tinchligi va osoyishtaligiga tahdid solganliklari uchun Iroq davlatida 10-20 yil muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan yoki umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan o‘zbekistonlik ayollar bilan tegishli suhbatlar o‘tkazilgan va farzandlarini O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha ularning roziliklari olingan.
Ta’kidlash lozimki, ushbu ayollar turmush o‘rtoqlarining ayrimlari ayni paytda xalqaro terroristik tashkilotlar safida qolayotgan bo‘lsa, bir qismi jangovar harakatlar davomida ayanchli o‘lim topishgan, qolganlari esa Iroq va Suriya qamoqxonalarda jazo o‘tashmoqda.
Bolalar barcha qulayliklarga ega bo‘lgan sog‘lomlashtirish muassasasiga joylashtirilishi kutilmoqda. Mutaxassislar ularga har tomonlama tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatishlari ko‘zda tutilgan. Sihatgohda bolalar uchun issiq ovqatlar tashkil etilib, ularga yangi kiyim-kechaklar berilishi aytilmoqda.
Shuningdek, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish, homiylar va vasiylarga biriktirish hamda bog‘cha, maktablarga joylashtirish masalalari ham hal etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi