Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumani Oqmachit qishlog‘ida yashovchi N.B. 7 oktyabr kuni o‘z boshqaruvidagi “Labo” rusumli avtomashinaga 20 qop mayizni yuklab, “Navkat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi yo‘lda ketayotganda kutilmaganda transport vositasi pand bergan.
“Postda” xabariga ko‘ra, vaqt 02:30ga yaqinlashganida uzoqdan mashina yaqinlashib kelgan. U ko‘mak olish umidida mashina tomon tinimsiz qo‘l ko‘tarib, to‘xtashiga ishora qilgan.
Mashina yaqinlashib to‘xtagan. “Kobalt” rusumli avtomashinadan ikki noma’lum shaxs tushib, hech bir so‘z demasdan, N.B.ning oldiga yaqinlashgan. U-bu savol berib vaziyatni o‘rgangan bo‘lishgan. Keyin esa N.B.ning turli joylariga urib ketishgan. Talonchilar unga jiddiy jarohat yetkazib, 20 qop mayizni mashinaga ortganicha voqea joyidan yashirinishadi.
Jabrlanuvchi o‘ziga kelib, tezda bu haqda ichki ishlar organiga murojaat qildi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qo‘shrabot tumanining Yangiqishloq qishlog‘ida yashovchi E.D. va N.N. sodir etgani aniqlanib, ular qo‘lga olindi.
Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi