Toshkentdagi Crafers do‘konlaridan biri
2020 yil 1 yanvardan shokolad va tarkibida kakao bo‘lgan boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari uchun import boji stavkasi hozirgi 15 foizdan 30 foizgacha oshiriladi.
Bu haqda 2 oktyabr kuni prezident qarori imzolangan. Ya’ni endi chet el «xo‘rozqandlari» narxi keskin oshadi, natijada milliy mahsulotlarimizga ehtiyoj ortadi.
Aytaylik, yangi yildan Snickers shokoladi narxi 30 foizga qimmatlaydi. Natijada aholi faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotini olishga majbur bo‘ladi. Mahalliy ishlab chiqarishda esa hozircha Crafers monopoliyasi o‘rnatilmoqda.
Antimonopoliya qo‘mitasi bu kompaniyani monopol emas deb hisoblagandi. «Crafers — monopolist emas, u qandolat mahsulotlari bozori holatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi», deya rasmiy bayonot bergandi.
Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida ham ancha muhokamalarga sabab bo‘lgan. Tvitterdagi o‘zbek foydalanuvchilar orasida «O‘zstandart» va «Artel»ning hamkorligini la’natlayman va qoralayman» nomli yangi trend mavzu ham paydo bo‘lgandi.
Bu gap bekorga chiqmagan. «O‘zstandart» va «Artel» hisoblagichlar ishlab chiqarish va aholiga sotishda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olgani, «Artel» endi elektr hisoblagichlarga ham aralasha boshlagani yuzerlarga yoqmagan edi.
Bundan tashqari, foydalanuvchilar «O‘zstandart» tashabbusi bilan muhokamaga qo‘yilgan maishiy elektr texnikalarining importini cheklovchi qaror loyihasiga qoralash va la’natlash bilan javob qaytargandilar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi