O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 14—15 oktyabr kunlari Bokuda bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) yettinchi sammitida ishtirok etadi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya hamda Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladi.
Sammitda Turkiy kengashga a’zo davlatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasining to‘la huquqli a’zo sifatida tashkilotga qo‘shilishi to‘g‘risida qo‘shma bayonoti qabul qilinadi.
Uchrashuv yakunida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yettinchi sammitining deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, Prezidentning Bokuga tashrifi doirasida sammitda ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Turkiy kengash sammitida ilk bor 2018 yil sentyabrida qatnashgan edi. Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahrida o‘tgan sammitda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin