3 140
Markaziy bankka so‘mning grafik belgisini tasdiqlash va bir nechta yangi vakolatlar berildi
So‘mning ramz tarzidagi grafik belgisi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadi.
Regulyatorning bu vakolati «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririda belgilab qo‘yildi. Qonun juma kuni Senatning 23-yalpi majlisida ma’qullandi.
Qayd etish kerak, boshqa valyutalardan farqli ravishda, o‘zbek so‘mining ramz ko‘rinishidagi belgisi yo‘q va bo‘lmagan. Qisqartma sifatida «so‘m», «sӯm» yoki «sum» qo‘llaniladi, UZS - harf belgisi va 860 - raqam belgisi bor.
MDH hududida grafik ramzlar Ukraina grivnasi (₴), qozoq tengesi (₸) va qirg‘iz somi (⊆) da bor.
Qonunga kiritilgan boshqa bir qo‘shimchaga ko‘ra, MB pul belgilarining himoya elementlariga doir talablarni belgilash vakolatiga ham ega bo‘ldi.
O‘zgarishlarga muvofiq, endilikda regulyator muhim sanalarga oid va esdalik pul belgilarini, shu jumladan qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini muomalaga chiqarishga haqli.
Shuningdek, numizmatika va kolleksiyalash maqsadlarida pul belgilarini sotish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
11 oktyabr kuni Senatda ma’qullangan qonun prezident imzolab, rasman e’lon qilinganidan so‘ng kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”