Foto: «Xalq so‘zi»
Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qurbon ota Sattorov bu yil 95 yoshni qarshiladi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar bermoqda.
Asli Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilib voyaga yetgan navqiron yigit Ikkinchi jahon urushi yillarida minglab o‘zbekistonliklar qatori qo‘liga qurol olib, fashizmga qarshi kurashdi, janglarda oldingi saflarda bo‘ldi. G‘alabaga qo‘shgan katta hissasi uchun qator jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi.
Eson-omon oilasi bag‘riga qaytgan Qurbon ota tinchlik davrida Farg‘ona shahrida yashab, uzoq yillar davlat organlarida sidqidildan xizmat qildi. El-yurt o‘rtasida katta hurmat-e’tibor topdi.
Yaqinda Qurbon ota hayotida yana bir quvonchli voqea ro‘y berdi. Unga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko imzosi bilan tashakkurnoma hamda «Belarus fashist bosqinchilaridan ozod etilganiga 75 yil» yubiley medali keldi.
Foto: «Xalq so‘zi»
Mazkur minnatdorchilik nomasi va yubiley medalini xaloskor jangchiga topshirish marosimi katta tantanaga aylandi. Shu kuni uning xonadoniga Farg‘ona shahar hokimligi, shahar mudofaa ishlari bo‘limi mas’ul xodimlari, mahalla faollari, «Temurbeklar maktabi» kursantlari, akademik litsey va o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari keldi.
Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari F. Abdillazov Belarus prezidenti tashakkurnomasini o‘qib berdi va yubiley medalini el-yurt ardog‘idagi inson ko‘ksiga qadab qo‘ydi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi