Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 oktyabr kuni chorvachilik va bog‘dorchilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasi rivojida ushbu tarmoqlarning muhim ekanligi inobatga olinib, keyingi ikki yilda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, «O‘zbekchorvanasl», Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish, Uzumchilikni rivojlantirish agentliklari tashkil etildi.
Yig‘ilishda chorvachilik tarmog‘ida bajarilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama etildi. 2019 yilda «Har bir oila tadbirkor» dasturi doirasida chorvachilikni rivojlantirish uchun 1 trillion 603 milliard so‘m, parrandachilikka 332 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada mayda shoxli chorva soni 550 ming boshga, parranda soni 6 million 130 mingtaga ko‘paydi.
Yig‘ilishda aholini arzon go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlash borasida qilingan ishlar yetarli emas, deb baholandi. Chorvachilik tarmog‘ining dolzarb muammosi hisoblangan uzluksiz ozuqa-yem ta’minotini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi. Bugungi kunda chorvachilikda ozuqaga bo‘lgan ehtiyoj faqatgina 30-35 foizga qondiriladi. Xususan, parrandachilikda ozuqaning 85 foizi import hisobiga ta’minlanadi.
Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir, Qo‘ng‘irot, Kegeyli va Mo‘ynoq tumanlarida 1 million gektar pichanzor va yaylov yerlarida 182 ming bosh chorva mollari boqishga mo‘ljallangan 486 ta loyiha ishlab chiqildi.
Mutasaddilarga 2019-2021 yillarda 300-500 bosh chorva boqishga mo‘ljallangan 270 ta bo‘rdoqichilik kompleksi va 260 ta sutchilik korxonasini tashkil etish ishlarini jadallashtirish topshirildi.
Chorvachilik sohasida mahsuldorlikka erishish uchun avvalo naslchilik masalalariga alohida e’tibor qaratish zarur. Yig‘ilishda Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga xorijiy tajriba asosida naslchilikni rivojlantirish va mahsulot narxini pasaytirish uchun xarajatning bir qismini subsidiyalash mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?