Bugun, 17 oktyabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ichki ishlar vazirligi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi tashabbusi bilan matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbir davomida ko‘plab savollarga sabab bo‘layotgan yaqin qarindoshlar tomonidan ishonchnomasiz avtomobil boshqarish talablari haqida axborot berildi.
«Prezident qarorida 1 oktyabrdan yaqin qarindoshlar tomonidan avtomobilni ishochnomasiz boshqarish huquqi berildi. Lekin hali qonunosti hujjatlari qabul qilinmadi. Bu bo‘yicha huquqiy hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
O‘ylaymanki, yaqinda loyiha tasdiqlanib amalga kiritiladi. Ayni paytda yaqin qarindoshlar ism-familiyasi sug‘urta polisida ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki sug‘urta polisi cheksiz (boshqaruvchilar soni bo‘yicha) bo‘lsa, fuqarolar yaqin qarindoshlarining avtomobilini ishonchnomasiz boshqarishi mumkin», deya IIV yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Akmal Yunusovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma’lumot uchun, prezident tomonidan imzolangan «O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonga ko‘ra, joriy yilning 1 oktyabridan Transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) o‘rtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish to‘g‘risidagi ishonchnomani majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi