Termiz shahrida Surxondaryo viloyati va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari, respublikadan kelgan mutasaddilar, faollar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘zining avvalida hududlardagi holatga tanqidiy baho berdi.
— Siyosatimizning mazmuni, maqsadi oddiy: mehnat qilsang, rohat ko‘rasan. Davlat shu mehnatga, emin-erkin ishlashga sharoit yaratib berishi shart. Shu maqsadda qarorlar qabul qilinyapti, yo‘nalishlar belgilab berilyapti. Lekin quyi tizimda ularni bajaradigan saviyali rahbar kam. Hokim tayyorlash maktabini yaratdikmi degan savolga ijobiy javob yo‘q. Soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari «qotib qolgan», — dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari o‘sish sur’atlari viloyatning haqiqiy salohiyati uchun hali yetarli emasligini ta’kidladi.
— Joriy yilda viloyatga uchinchi bor tashrif buyurishimizning sababi Surxondaryo misolida barcha rahbarlarga hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olib, ularni jadal rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar va o‘sish nuqtalarini aniqlash hamda to‘liq ishga solishni ko‘rsatib berishdir, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Har bir vazir, soha va tarmoqlar rahbarlariga bu yil yakunigacha va kelgusi yilda Surxondaryo uchun nimalar qilishini aniq yozib, viloyat hokimligiga taqdimot qilish bo‘yicha topshiriq berildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin