
13 oktyabr kuni Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurib, Navoiy shahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi cho‘l hududida joylashgan «Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi» (AYTAM) yaqinida lochinlar bilan ov qilgan edi.
Shayx Hamdan bu haqdagi videolavhani «Tvitter» sahifasida ham e’lon qilgan edi.
Bundan tashqari, shahzoda ov taassurotlari bilan instagram sahifasida ham o‘rtoqlashib, bir necha fotosuratlarni joylashtirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram
Eslatib o‘tamiz, Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum - Dubay amiri Muhammad bin Roshid Ol Maktumning o‘g‘li, Dubay amirligining merosxo‘r shahzodasi, 1982 yilda tug‘ilgan. U juda faol hayot kechirishi bilan mashhur. Uning qiziqishlari doirasi kengligi hammani hayratga soladi. Shahzoda parashyutda sakrash, suv ostiga sho‘ng‘ish, baliq ovi, lochin ovi, snoubording, velosport va sportning ko‘plab boshqa turlariga qiziqadi. «Fazza» taxallusi bilan she’rlar ham yozadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar