O‘zbekistonda haydovchi fotoradarga tushganda bayonnoma tuzishni bekor qilish va avtomatik ravishda onlayn jarimani yuborish amaliyotini joriy etish taklif qilindi. Tegishli petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida joylashtirildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda yo‘llarda juda ko‘p fotoradarlar o‘rnatilgan.
“Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari yashiringan holda fotoradar qo‘yib tartibbuzar haydovchilarni to‘xtatishadi va protokol tuzishadi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Ushbu jarayonni Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan joyida protokol tuzish orqali emas, protokol tuzib, uni ham onlayn rasmiylashtirib, jarimani elektron tarzda yuborish amaliyotini joriy etish zarurligi aytilgan.
Bildirilishicha, bu usul haydovchilar va YHXX xodimlari vaqtini tejaydi, turli noqulayliklar va tortishuvlar oldini oladi.
“Shu sababdan, joyida turib protokol tuzishdan voz kechib, haydovchi fotoradarga tushganda avtomatik ravishda onlayn jarimani yuborish amaliyotini joriy etish (belgilangan jarimani haydovchining yashash manziliga avtomatik tarzda yuborish)ni taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”