HSH telegram kanali respublikamizdagi eng yosh partiya - O‘zbekiston Ekologik partiyasining saylovoldi kampaniyasi deyarli sezilmayotgan bir vaqtda ularga piar uchun tekin maslahat berdi.
3-4 kun muqaddam Internetning milliy segmenti Dubay shahzodasining Navoiy viloyatidagi ov tafsilotlari bilan to‘lib toshdi.
Garchi, bu ovni amalga oshirish o‘zaro kelishuv, mavjud normativ hujjatlar talablariga binoan o‘tkazilgan bo‘lsa-da, ko‘plab o‘zbekistonliklarning bundan g‘ashi kelgani rost. Shunchaki sening yurtingda, sening tuprog‘ingda o‘zga diyordan kelganlar nega ko‘ngli tusaganini qilishi kerak degan savol Vatanini sevgan har bir odamda tug‘iladi. Va tushuninglar, bu tabiiy hol.
Bunday vaziyatda bu g‘ashlikni tarqatishning birdan bir yo‘li – Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi jim turgan bir paytda ushbu ov haqidagi ma’lumotlarni Ekologik partiya e’lon qilish mumkin emasmi?
- O‘zbekistonda xorijiy shaxslar tomonidan ov qilishning tartiblari qanday?
- Shahzoda qanday turdagi yovvoyi hayvonlarni qancha miqdorda ovladi?
- Buning uchun davlat byudjetiga qancha to‘lov undirildi?
Shahzodaning tuvaloqlarni-ku ovlashini tushunishimiz mumkin (o‘zlari ko‘paytirishyapti-da). Ammo, ov haqidagi videolavhalarda tovushqonlar (yovvoyi quyonlar)ning ovlanganini ko‘rish mumkin. (Ha-ya, bir oycha avval Buxoroda 33 bosh tovushqonni ovlagan shaxslar 6 mln. so‘m jarimaga tortilgandi.
Yana bir masala - Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi saytida O‘zbekiston Qizil kitobini topolmadim. Vaxolanki, 2016 yildayoq Qizil kitobning elektron shakli rasmiy veb-saytida joylashtirilishi normativ hujjat bilan belgilangan ekan.
Gapning indallosi, mana shunaqa vaziyatlarda jim turish emas, aksincha odamlarni noto‘g‘ri tasavvurlarga berilishdan tiyadigan axborotlarni berish partiyaga ko‘proq naf keltiradi.
Fursatdan foydalanib qolmaysizmi, axir... “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz!
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi