15:10 / 22.10.2019
2 637

Darding bo‘lsa ham qarzing bo‘lmasin...

Darding bo‘lsa ham qarzing bo‘lmasin...
Xalqimizda darding bo‘lsa ham qarzing bo‘lmasin degan naql bor. Bu ayni haqiqat. Qarzdorda xotirjamlik bo‘lmaydi. Xotirjamlik yo‘q ekan ishida unum, xayotida mazmun bo‘lmaydi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2012 yil 13 yanvardagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor X.Nabijonovdan undiruvchi N.Umarova foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun barcha topgan daromadlarini 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi hisob-kitob qilinganda farzandi 18 yoshga to‘lganligini inobatga olgan holda 26.09.2019 yil holatiga 10.000.000 so‘mni tashkil etgan.

Qarzdorga qazdorlikni o‘z vaqtida to‘lash, to‘langan mablag‘larlar o‘z jigarbandi bo‘lgan farzandining yaxshi yashashi, o‘qishi va hayotda komil inson bo‘lib yetishishiga xizmat qilishi, aks holda unga nisbatan qanday qonuniy choralar ko‘rilishi va keyinchalik farzandining kelajagiga ham to‘siq bo‘lishi mumkinligi tushuntirildi.

Buni yaxshi tushungan va ogohlantirishdan to‘g‘ri hulosa chiqargan qarzdor X.Nabijonov farzandi va uni kelajagi oldidagi mas’uliyatini anglagan holda ta’minotidan bo‘lgan 10.000.000 so‘mni to‘liq to‘ladi

Qarzdor X.Nabijonovdan farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan aliment pullari undiruvchi N.Umarova foydasiga to‘liq undirilib, ijro hujjati talabi amalda to‘liq bajarilganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Darding bo‘lsa ham qarzing bo‘lmasin...