“Yopiq eshik”larning kirdikorlari ochildi

“Yopiq eshik”larning kirdikorlari ochildi
Tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyat va sharoitlarga qaramasdan ularning orasida buni suiste’mol qilayotganlari ham uchrab turipti.
Majburiy ijro byurosi Izboskan tumani bo‘limi xodimlarining nazorat tadbirlari davomida darvozasida doimo qulf osilib turgan ob’yektda tadbirkor U.Qosimov yashirin alyumin sexi tashkil etib, sexda buyumlarni ishlab chiqarish uchun tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanayotgani, ya’ni gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgani aniqlandi.
“Yopiq eshik”larning kirdikorlari ochildi
Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi, hozirda zarar summasini hisoblash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, tekshiruvlar davomida sex ta’minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan katta hajmda elektr quvvati sarflaydigan uskunalardan foydalanayotgani ma’lum bo‘lgan. Ushbu ob’yekt ham tarmoqdan ajratilgach, tadbirkor tarmoqqa qayta ulanish uchun jarimani to‘lashga majbur bo‘ldi.
“Yopiq eshik”larning kirdikorlari ochildi

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar