
Foto: Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati
Kecha, 22 oktyabr kuni telegram ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Yangiyulya” telegram kanaliga Yangiyo‘l tuman YHXB boshlig‘ining o‘rinbosarining “taksist”larga atalgan haqoratga to‘la audiofayli joylandi.
Shuningdek, “qo‘shni mahalla” telegram kanalida “Yangiyo‘lning «zamnachalnik GAI»sining haqoratlarga to‘la audiosi kelib tushdi” sarlavhasi ostida xabar qo‘yildi. Unda keltirilishicha, o‘zini Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani IIB yo‘l harakat xavfsizligi boshlig‘ining o‘rinbosari Usmon deb tanishtirgan odam haqorat qilish bo‘yicha Mirishkor tumani hokimining rekordini yangiladi. Lavozimdagi bu insonning kurakda turmaydigan haqoratli murojaati yangiyo‘llik kirakashlarga atalgan.
Mazkur kanalda ichki ishlar xodimi so‘zlarining eshitish og‘ir bo‘lgan joylari belgili tarzda keltirilgan.
Shundan so‘ng esa bu yashin tezligida ijtimiy tarmoqlarda tarqalishga ulgurdi va ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Bugun Bosh prokuratura tezkor o‘rganilgan mazkur holatni taqdim qildi.
Aniqlanishicha, 2019 yil 22 oktyabr kuni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Yangiyulya” kanaliga o‘zini Yangiyo‘l tuman YHXB boshlig‘ining o‘rinbosari Usmon deb tanishtirgan shaxs 38 sekundlik audiofaylni joylashtirib, shu guruh ishtirokchilari hisoblangan 1650 nafar taksi haydovchilari (kirakashlar)ni qo‘pol tarzda haqoratlab, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan keng jamoatchilikning haqli e’tirozlariga sababchi bo‘lgan.
Shundan so‘ng “Voditeli Yangiyulya” guruhi a’zolari O.Mirzayev va boshqalar 2019 yil 23 oktyabr kuni tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, Yangiyo‘l tuman YHXB boshlig‘ining o‘rinbosari Usmon ismli shaxsning xatti-harakatlaridan noroziligini bildirib, qonuniy chora ko‘rishlikni so‘radi.
Mazkur ariza bo‘yicha o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, murojaatda ko‘rsatilgan shaxs Yangiyo‘l tumani IIB YXHB boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan leytenant Usmon Z. ekanligi aniqlanib, undan holat yuzasidan izoh so‘ralganda, u ushbu ovozli yozuvlar uniki emasligini, boshqa bir noma’lum shaxs ushbu yozuvlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirganligini bildirgan.
Shuningdek, ushbu ovozli yozuv keng jamoatchilikning muhokamasiga sabab bo‘layotganligi bois hamda haqiqatga oydinlik kiritish maqsadida, tuman YHXB boshlig‘i o‘rinbosari leytenant Usmon Z.ga nisbatan idoraviy tartibda Toshkent viloyat IIBBga hamda IIB YHXBga xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Hozirgi vaqtda Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar