Foto: RIA Novosti
O‘zbekistonda sotiladigan tovarlar narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririda aytilgan.
Qonunning 9-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi valyutasida amalga oshiriladi, bundan Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun tariflar, narxlar, shu jumladan milliy elektron savdo maydonchalaridagi shunday tariflar, narxlar, shuningdek yuridik shaxslarning ustav fondlari (ustav kapitallari) miqdorlariga doir talablar faqat O‘zbekiston Respublikasi valyutasida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat bojlari, yig‘imlari va boshqa majburiy to‘lovlar faqat O‘zbekiston Respublikasi valyutasida undiriladi, bundan konsullik yig‘imlari mustasno. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi