13:02 / 25.10.2019
4 931

Samarqandda ikki o‘qituvchi qotillikka qo‘l urdi

Samarqandda ikki o‘qituvchi qotillikka qo‘l urdi
Samarqandda ikki nafar pedagog xodim qotillikka qo‘l urdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari, adliya maslahatchisi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 24 oktyabr kuni Payariq tumani Nakurt mahallasida Aziz S. (1983 y.t., o‘qituvchi) va Hamid B. (1984 y.t., o‘qituvchi) umumiy tanishi Umid S. (1984 y.t., veterenariya bo‘limi xodimi) o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik mushtlashuvga aylanib ketgan. Buning natijasida Umid S. vafot etadi. Shundan keyin pedagoglar marhumni o‘ziga tegishli avtomashinasiga «o‘tqazib» qo‘yib, voqea joyidan yashirinishadi.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan Aziz S. va Hamid B.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi «p» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda ikki o‘qituvchi qotillikka qo‘l urdi