Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Qashqadaryo viloyati hokimi, prokurori, IIB va DSI boshliqlari ishdan olinishi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Ushbu to‘rtta sektor rahbarining o‘rniga kimlar tayinlanishi haqida hozircha ishonchli ma’lumot yo‘q. Bugun Qashqadaryo viloyatida hukumat rahbarlari ishtirokida viloyat faollarining yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli jiddiy tanqid ostiga olinib, tashkiliy masalalar ko‘rilishi kutilmoqda.
Shuningdek, yig‘ilishda Qarshi shahri, Chiroqchi va Mirishkor tumanlarining amaldagi hokimlari masalasi ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Zafar Ro‘ziyev 2013 yil 27 sentyabrdan buyon Qashqadaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelmoqda. Botir Yusupov 2018 yil 16 yanvardan beri Qashqadaryo viloyati prokuroridir. Dilshod Tursunboyev 2016 yil 22 fevral kuni Qashqadaryo viloyati IIBning boshlig‘i etib tayinlangan bo‘lsa, Ravshanjon Nasimov 2019 yil 12 mart kuni Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?