Toshkent shahridagi o‘rta ta’lim muassasalari xodimlariga oylik ustamalarini to‘lash tartibi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida aytilgan.
Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning iqtidori va qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, boshlang‘ich ta’limning sifatini oshirish maqsadida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab inklyuziv ta’limga jalb qilingan o‘quvchilar mavjud bo‘lgan barcha boshlang‘ich sinflarga “assistent o‘qituvchi” lavozimini joriy etadi va uning mehnatiga haq to‘lash oliy ma’lumotli o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasining 0,75 baravariga tenglashtiriladi.
Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan Toshkent shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari bazaviy tarif stavkalarining:
- ikkinchi toifali o‘qituvchi uchun 1,1 baravar;
- birinchi toifali o‘qituvchi uchun 1,25 baravar;
- oliy toifali o‘qituvchi uchun 1,5 baravar miqdorlarida qo‘shimcha rag‘batlantirish oylik ustamalarini to‘lash tartibi joriy etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi