
Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Xurram Jo‘rayev hamda hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Rajabov ham ishdan ketdi.

Xurram Jo‘rayev

Baxtiyor Rajabov
Bu haqda xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
X. Jo‘rayev 2016 yildan beri Qashqadaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari edi. B. Rajabov esa 2018 yilda Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.
O‘z navbatida, Xurram Jo‘rayev Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlangan. Hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Rajabov Mirishkor tumani hokimi lavozimini egallagan.
Sessiyada ishtirok etgan prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov vazifasidan ozod etilgan viloyat hokimi o‘rinbosarlariga prezident tomonidan so‘nggi imkoniyat berilganini aytgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar