16:26 / 27.10.2019
2 375

Namanganda qarzini bermagani uchun tanishini pichoqlagan yigit 7 yilga qamaldi

Namanganda qarzini bermagani uchun tanishini pichoqlagan yigit 7 yilga qamaldi
Namangan shahrida 1995 yilda tug‘ilgan, kasbi qassob bo‘lgan Olimxon ismli yigit ikki yarim million so‘m qarz olgan tanishi Muhsinovni pichoqlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazdi.
Ushbu jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudida ko‘rib chiqildi. Guvohlar ko‘rsatmalari, daliliy ashyolar o‘rganildi.

O‘sha kuni Olimxon tanishi Muhsinovni «Bunyodkor» MFY hududidagi «Yoshlik baraka» bozori hududida uchratib, undan qarzini qaytarishni so‘raydi. Biroq o‘rtada janjal kelib chiqadi. Atrofdagi odamlar ikkalasini ajratib, Muhsinovni bozordan chiqarib yuboradi. Shunda Olimxon Muhsinovning orqasidan yugurib borib, unga yonidagi oshxona pichog‘i bilan tashlanadi hamda Muhsinovga o‘ta og‘ir jarohat yetkazadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudi tomonidan Olimxonga 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda qarzini bermagani uchun tanishini pichoqlagan yigit 7 yilga qamaldi