Foto: Videolavhadan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Nukus ko‘chasi ostidan o‘tgan issiq suv quvuri yorilib ketgani aks etgan video tarqaldi.
Aytishlaricha, suv 5 qavatli bino balandligida otilgan.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ushbu hodisaga o‘z munosabatini bildirdi. Qayd etilishicha, isitish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida yakuniy bosim berish bosqichida yuqori bosim ta’sirida quvur yorilgan.
«Befarq bo‘lmagan fuqarolarimiz tomonidan berilgan tezkor axborot sababli o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rilib, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu hududda amalga oshirilgan ishlar natijasi haqida yana xabardor qilamiz», deyiladi hokimlik xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, Nukus ko‘chasining Oybek ko‘chasidan Avliyo ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi ushbu hodisa sabab vaqtincha yopilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi