17:46 / 29.10.2019
2 697

Qarzdorlik qisqa muddat ichida undirildi

Qarzdorlik qisqa muddat ichida undirildi
Majburiy ijro byurosining Namangan shahar bo‘limi tomonidan qarzdorlikni majburiy tartibda undirib berish borasida ham keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, bo‘lim ish yurituvda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 27 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan “Dizayn taraqqiyot” xususiy korxonasidan “16-son ko‘chma mexanizatsiyalashgan korxona” ma’suliyati cheklangan jamiyati foydasiga 107.322 ming so‘m qarzdorlik undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan joriy yilning 26 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasi talabi asosida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Olib borilgan ijro harakatlari hamda qarzdor korxona bilan olib borilgan tushuntirishlar samara berib qarzdorlik qisqa muddatda bartaraf etildi, ya’ni 26 oktyabr kuni jami 107 mln. 322 ming so‘m pul mablag‘i jamiyat foydasiga undirib berildi va ijro ishi yuritish tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorlik qisqa muddat ichida undirildi