Respublikamiz bojxona xodimlari tashqi iqtisodiy faoliyat yo‘nalishidagi bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzilishi, tovarlarning kodini o‘zgartirib, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirib kelishmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonun buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda “Sergeli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan poytaxtimizda faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalardan biri nomiga kelgan “Maishiy texnika” tovarlarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida umumiy qiymati 90 million so‘mlik 222 dona “Elektr choynak-termopot” tovarining tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, hujjatlarda ko‘rsatilgan “Elektr choynak-termopot” tovari aslida elektr samovar tovari ekanligi ma’lum bo‘ldi. Natijada, davlat byudjetiga qo‘shimcha 48,7 mln. so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Shunga o‘xshash yana bir holatda, “Toshkent tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlariga deklaratsiyalovchi shaxs A.O. va T. K.lar tomonidan taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyalarida “bir martali dush uchun qalpoqcha” va “Oq portlandsement” tovarining tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodi tekshirilganida, ushbu shaxslar kodni noto‘g‘ri tasniflab bojxona rasmiylashtiruviga taqdim etganligi aniqlandi.
Natijada davlat byudjetiga qo‘shimcha 141,4 million so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video)
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi?
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari