
O‘zbekistonda tijorat banklarining xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bonusli tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda aytilgan.
Hujjat bilan quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi kadrlari salohiyatini rivojlantirishning asosiy tamoyillari etib belgilandi:
- kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro standartlarga va ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan tizimli yondashuv;
- tijorat banklarining boshqaruv, o‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlari mehnatiga ularning malakasi, bilimi va aniq ish natijalaridan (KPI) kelib chiqqan holda haq to‘lashning bonusli tizimini joriy etish;
- kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksizligi, o‘qitish dasturlarining zamonaviy tijorat banklari tomonidan keng foydalanilayotgan raqamli texnologiyalarga muvofiqligini ta’minlash;
- tegishli lavozim uchun talab etiladigan malaka va tajribaga ega bo‘lgan boshqaruv xodimlarini, investitsion banking, loyihaviy moliyalashtirish, xatarlarni boshqarish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlash;
- o‘qiyotgan kadrlarga taktik va strategik istiqboldagi samarali ishlash uchun zarur bilimlarni berish va ko‘nikmalarni shakllantirish;
- biznes yuritishning umumiy tamoyillarini va yagona korporativ madaniyatni shakllantirish;
- bank mutaxassislari, o‘qituvchilar tarkibi va talabalarni bank ishining aniq yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy banklarda va ta’lim muassasalarida o‘qitish hamda stajirovkadan o‘tkazish. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar