3 273
“Yashil sayyora” xalqaro tadbirida o‘zbek oshxonasi “eng yaxshisi” deya e’tirof etildi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “Yashil sayyora” xalqaro ekologiya maktabi bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarbayjon, Belarus, Moldova, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva kabi davlatlardan 115 nafar yoshlar, jumladan o‘zbekistonlik faol vatandoshlarimiz ham ishtirok etishdi. Tadbirning ochilish marosimida MDH mamlakatlari madaniyati, san’ati va milliy oshxonasi namoyish etildi. Ayniqsa, O‘zbekistonning milliy oshxonasi ishtirokchilar orasida katta qiziqish uyg‘otib, “kechaning eng yaxshi oshxonasi” deya e’tirof etildi.
Olti kun davom etgan mazkur tadbirda vatandoshlar tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ib qilinib, ishtirokchilarga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan targ‘ibot materiallari (“O‘zbekistonga sayohat qil!” jurnallari, “O‘zbekistonga sayohat qilish uchun 10 sabab” qo‘llanmasi, turli flayerlar hamda turizm brendi aks etgan futbolka, ruchka, bloknot va boshqa esdaliklar tarqatildi.
“Tadbir ishtirokchilari Boku shahridagi “Ekopark” hamda “Ekosfera” maktabida bo‘lib, shahardagi ekologik holat hamda ekoturizm yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. Ular bilan kelgusida shu kabi xalqaro forum, konferensiya, yarmarka va boshqa tadbirlarni o‘tkazmoqchimiz. Shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilishga kelishib oldik” – deydi vatandoshlarimiz Azamat Tolipov va Nodirbek Hurramov.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar Ozarbayjon Respublikasi Sport va yoshlar vazirligining sertifikat va diplomi bilan taqdirlandi. Ma’lumot uchun: Mazkur tadbir Ozarbayjon Respublikasi Sport va yoshlar vazirligi tomonidan o‘takazilgan Osiyo yoshlari orasidagi yirik xalqaro ekologiya maktabi hisoblanadi. Uni o‘tkazishdan asosiy maqsad – yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhit bilan bog‘liq faoliyatni rejalashtirishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish, jamoatchilik e’tiborini ekologiyani muhofaza qilishga jalb qilish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi