date
views 4 700

IIB xodimi qoida buzganda u ham qonun bo‘yicha javobgarlikka tortiladi

IIB xodimi qoida buzganda u ham qonun bo‘yicha javobgarlikka tortiladi
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini ichki ishlar xodimi yo‘l harakat qoidasini buzganda (xizmat vazifasini o‘tash kabi zarur holat bo‘lmaganda), bunga Toshkent shahar IIBB qanday qarashi qiziqtirmoqda. Sharhlarda bunday hollarda beparvolik qilinishi haqidagi noto‘g‘ri fikrlar uchramoqda, deyiladi poytaxt IIBB matbuot xizmati xabarida.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ushbu masalada qat’iydir: qonun oldida hamma teng, yo‘lda xatolikka yo‘l qo‘yildimi, uning ortidan ma’muriy javobgarlikka (ba’zida intizomiy javobgarlikka) tayyor bo‘lish kerak. Shuningdek, IIOdagi xizmat insondan alohida mas’uliyatni talab qiladi, chunki u atrofdagilarga ibrat bo‘lishi kerak. Ammo real hayot idealdan farq qiladi: xodim ham oddiy inson kabi, o‘zining fe’lidan va hayotidagi holatlardan kelib chiqib belgilangan qoidani buzishi mumkin. Bunday holda YPX inspektorining bayonnomasi va keyinalik ushbu holat bo‘yicha tekshiruv olib boriladi, deyiladi xabarda.

Masalan, 31 oktyabr kuni soat 15.42 da Nodir Temirov ismli foydalanuvchi «Voditeli Tashkenta (DRIVERS.UZ)» guruhida xabar qoldirdi: videoregistratorda qayd qilinishicha, shu kuni ertalab xizmat davlat raqamiga ega «Neksiya-3» rusumli avtomobil Choshtepa ko‘chasidan harakatlanib, oqimdagi transport vositalariga xalal bergan.

Ushbu harakat bilan Yo‘l harakati qoidalarining 53-bandi, ya’ni «Haydovchi harakatlanishni boshlash, yo‘nalishni o‘zgartirish (qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, quvib o‘tish va aylanib o‘tish) va to‘xtashdan oldin bajarilayotgan manyovr xavfsiz ekanligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak» qoidasi buzilgan. Ushbu ma’lumot bir nechta blogerlar va OAVlar tomonidan ham e’lon qilindi.

Ushbu fakt bo‘yicha ma’lum qilinishicha, «Neksiya-3» rusumli avtomobil (davlat raqami 01 067 VSC) Shayxontoxur tumani ichki ishlar bo‘limiga biriktirilgan. Bunday harakatlanishga sabab (misol uchun, zarur chaqiruv, huquqbuzarlik va hokazo) bo‘lmaganligi aniqlandi. Avtomobilni boshqargan xodimga nisbatan keyingi kun soat 07:50 da O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan. Unga ko‘ra, transport vositalari haydovchilarining avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, ya’ni yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi, – eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shu kabi chora boshqa holatga nisbatan ham qo‘llanilgan. Poytaxt Uchtepa tumani maxsus inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari xabarini qayd etishdi. Ya’ni: 29-oktyabr kuni soat 18:08 da Lolita Shah ismli foydalanuvchi yuqoridagi guruhda videoma’lumot qoldirgan edi, unda “Neksiya-3” avtomobili (davlat raqami 01 158 VSC) Farxod va Lutfiy ko‘chalari kesishmasidagi svetoforning taqiqlovchi signalini mensimasdan harakatlangan.

Ushbu avtomobil Uchtepa tumani IIO FMBgak biriktirlgan bo‘lib, uni boshqargan xodimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-4-moddasi ikkinchi qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzildi. Unga ko‘ra, Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi, – eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Haydovchi bilan yo‘llarda xatoga yo‘l qo‘yish mumkin emasligi haqida profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, xuddi shu kabi choralar IIB xodimlari bilan bog‘liq boshqa holatlarga nisbatan ham qo‘llanilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIB xodimi qoida buzganda u ham qonun bo‘yicha javobgarlikka tortiladi