Bugungi kunda respublika boʻyicha jami 275ta neft va gaz konlari ochilgan boʻlib, ularning umumiy zaxirasi 2,4 mlrd. tonna shartli yonilgʻini tashkil qiladi.
“Oʻzbekneftgaz” matbuot xizmatiga koʻra, respublikada uglevorod xom ashyo bazasi barqarorligini taʼminlash, qazib olinayotgan neft va gaz mahsulotlari oʻrnini toʻldirish maqsadida, Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hisor, Surxondaryo va Fargʻona neft-gazli hududlarida geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Prezidentning 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3372 qarori doirasida amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlar natijasida, 2017-2018-yillar hamda joriy yilning 9 oyi mobaynida 16 ta neft va gaz konlari ochildi va yer osti uglevodorod zaxiralari 171 mln. tonna shartli yonilgʻi hajmida oʻstirildi.
Maʼlumot uchun: 16ta kondan, 4tasi Ustyurt mintaqasida (Beshqala, Quyi Surgil, Kushkair, Oraliq), 2tasi Fargʻona mintaqasida (Uchtepa, Chakar), 10tasi Buxoro-Xiva mintaqasida (Topichaksoy, Marvarid, Shortak, Chordarbaza, Toʻmaris, Andakli, Janubiy Kulbeshkak, Yormoq, Doʻltatepa, Shorkum).
Joriy yil yakuni bilan yer osti uglevodorod zaxiralarini 53 mln. tonna shartli yonilgʻi hajmida oʻstirish rejalashtirgan, bu borada bugungi kunda geologiya qidiruv ishlari Ustyurt mintaqasining markaziy qismida (Alpomish, Ultan, Arslon va b.q), Buxoro-Xiva mintaqasining gʻarbiy qismida (Toʻmaris, Andakli, Janubiy Kulbeshkak, Sharqiy Xatar va b.sh), Fargʻona mintaqasining janubiy qismida (Uchtepa, Chakar, Quyi Qashqarqir va b.sh) jadal ravishda olib borilmoqda.
Maʼlumotda aytilishicha, 9 oy mobaynida 5ta yangi kon ochildi (Kushkair, Oraliq, Chakar, Doʻltatepa, Shortak) va yer osti uglevodorod zaxiralari 31 mln. tonna shartli yonilgʻi hajmida oʻstirildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi?