
Toshkent shahar IIBB internetda tarqalgan piyoda ishtirokidagi YTH video tasviri bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. Videoda katta tezlikda kelayotgan Matiz yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib yuborgani aks etgan.
Qayd etilishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkentning Yunusobod tumani Chinobod ko‘chasida 7 noyabr kuni soat 11:22 da ro‘y bergan. Matiz haydovchisi Islom O. belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida 64 yoshli Zulfiya U. tan jarohatlari olgan holida shahar klinik shifoxonasiga yetkazilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar