15:41 / 08.11.2019
3 177

IIV:“Grin kard” lotereyasida 30 nafar shaxsga nisbatan jinoiy ish ochilgan

IIV:“Grin kard” lotereyasida 30 nafar shaxsga nisbatan jinoiy ish ochilgan
Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirokida oʻtgan matbuot anjumanida vazirlik matbuot xizmati rahbari Shohruh Gʻiyosov aholini “Grin kard” firibgarlari boʻyicha ogohlantirish lozimligini taʼkidladi.

Shohruh Gʻiyosov, IIV vazirlik matbuot xizmati rahbari:
— Oʻtgan vaqt davomida “Grin kard”dan roʻyxatdan oʻtkazish bahonasida mingdan ziyod fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini olgan va ular lotereyada gʻolib boʻlgach, pul soʻrab tovlamachilik holatlarini sodir etgan 30 nafar shaxsga nisbatan ish ochilgan. Fuqarolarga oʻz shaxsiy maʼlumotlarini birovlarga taqdim etmaslik va “Grin kard”dan roʻyxatdan oʻtishda begonalar xizmatidan foydalanmaslik tavsiya etamiz.

Maʼlumot oʻrnida:
Joriy yildan boshlab “Grin kard”dan roʻyxatda oʻtishda oʻzgarishlar sodir boʻldi. Asosiylaridan biri esa ishtirokchilar xorijga chiqish pasportiga ega boʻlishi shartligi belgilab qoʻyildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV:“Grin kard” lotereyasida 30 nafar shaxsga nisbatan jinoiy ish ochilgan