
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida prezidentning “Issiqlik taʼminoti tizimini takomillashtirish va issiqlik taʼminoti korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Hujjatga koʻra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuni uchun isitilayotgan 1 kvadrat metr hisobidan kelib chiqib toʻlash tizimiga oʻtkaziladi.
Bundan tashqari, isteʼmolchilarga issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tariflarni shakllantirish va belgilashda issiqlik taʼminoti korxonalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va issiqlik energiyasi tannarxini pasaytirish hisobiga ular tomonidan koʻrsatadigan xizmatlar tannarxini qoplash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish hisobga olinadi.
Qaror loyihasida taʼkidlanishicha, aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suv uchun pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida kelib chiqadigan zararlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari hisobidan qoplanadi.
Eslatib oʻtamiz, hujjat loyihasi oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Issiqlik TaʼminotiNormativ HujjatlarTariff ShakllantirishMoliyaviy SogʻlomlashtirishIsitish DavriQoraqalpogʻiston Respublikasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar