
Mamlakatimiz fuqarolari va yurtimizga kirib kelayotgan sayyohlarga O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan o‘tish bo‘yicha muayyan qonun-qoidalar to‘g‘risidagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borilishiga qaramay ba’zi bir shaxslar tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilmasligi holatlari uchrab turmoqda.
Kuni kecha Toshkent xalqaro aeroportida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan hujjatlarni nazoratdan o‘tkazish vaqtida bir guruh shaxslar qo‘lga olindi.
DXX Chegara qo‘shinlari xabariga ko‘ra, ular taqdim etgan Indoneziya davlatining fuqarolik pasportlari tekshirilganda qalbaki ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tegishli organ vakillari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxslar aslida Shri-Lanka fuqarolari ekanligi aniqlangan.





O‘zbekiston RespublikasiToshkent Xalqaro AeroportiDXX Chegara Qo‘shinlariHuquqiy QoidalarSayyohlar PasportlariShri-Lanka Fuqarolari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar